Home

MOBI TEl INFORM

Bizning missiyamiz – er yuzidagi hayotni yaxshiroq qilish uchun yangi xizmatlar yaratish, ularda noyob imkoniyatlar mavjud.

Kompaniya haqida

“Mobi Tel Inform” – bu o’z sohasining professionallaridan iborat tez o’sayotgan jamoa.

“Mobi Tel Inform” MChJ kompaniyasi 2010 yildan boshlab O’zbekistonning uyali va statsionar aloqa abonentlari uchun xizmatlarni tijorat ekspluatatsiyasiga topshirmoqda.

14 yillik ish tajribasi tufayli kompaniya o’zini bozorda muvaffaqiyatli namoyon qildi va ham uyali kompaniyalar, ham abonentlar uchun ishonchli hamkorga aylandi.

Ish davrida jamoa tomonidan uyali kontent bozorini o’rganish bo’yicha ish olib borildi, bu esa shubhasiz IVR, RBT, GPRS, MMS, SMS kabi texnologiyalarning ommalashuviga va joriy etilishiga xizmat qildi.

Bizning maqsadimiz – VAS xizmatlari, uyali va statsionar aloqa bozorini shakllantirishda faol ishtirok etish, ularni yuqori darajaga chiqarish.

Kompaniyamiz O’ztelekomning TShTT filiali, shuningdek Beeline, Ucell, Uzmobile, UMS va Perfectum Mobile kabi uyali kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.

SMS

Uyali aloqa tarmog'i abonentlari o'rtasida qisqa xabarlarni uzatish xizmati. Bu uyali aloqa tizimlari taklif qilayotgan eng ko'p talab qilinadigan qo'shimcha xizmatlardan biridir.

GAME

Hozirgi kunda kompaniyamiz mobil' o'yinlarni ishlab chiqish bilan samarali shug'ullanmoqda. Ular orasida eng yangi on-line o'yinlar, Bluetooth texnologiyasidan foydalangan o'yinlar mavjud.

IVR

Interactive Voice Response — bu interfaol menyu. Bu xizmat turli stsenariylar yordamida ovozli xabarlarni o'qib beradi va qo'ng'iroqlarni qayta ishlaydi.

USSD

GSM tarmoqlaridagi xizmat bo'lib, uzatish tartibida abonent va xizmat ilovasi o'rtasida o'zaro samarali aloqa o'rnatishga imkon beradi.

HAMKORLIK DASTURI

Shaffoflik va nazorat

Daromadni doimiy va samarali nazorat qilish maqsadida biz maxsus dastur ishlab chiqdik, u sizga har kuni trafik hajmini va daromadingizni kuzatib borish imkonini beradi.

Moslashuvchanlik

Siz reklama modullarining o’lchamlarini, joylashuvini va chiqishlar davriyligini o’z ixtiyoringizga qarab o’zgartirishingiz mumkin. Reklama chiqqandan keyin uning samaradorligini darhol baholash imkoniyati – targ’ibot usullari va kanallarini tanlashda keng imkoniyatlarni beradi. Bundan tashqari, dilerlik tarmoqlarini qurishda to’la erkinsiz.

To’g’ridan-to’g’ri web-interfeysga kirish imkoniyati

Reklama modullarini mustaqil tuzish uchun Mobi Tel Inform kompaniyasi o’z hamkorlariga tizimga to’g’ridan-to’g’ri kirish imkonini beradi, u xizmatlar ro’yxatini tashkil etish va qo’llab-quvvatlash (o’zgartirish, rivojlantirish), xizmatlar taklif etiladigan operatorlar abonentlariga qo’llab-quvvatlashni ta’minlash, xizmatlarni xizmat amalga oshirilayotgan hamkor hududida targ’ib qilish va tegishli materiallarni tarqatish imkonini beradi.

Qo’shimcha xizmatlar

Iste’molchilar qiziqishining rivojlanishi statistikasi, targ’ibot usullari va boshqalar. Maketlar shablonlari, radio va TV roliklari namunalari.

Bundan tashqari, biz o’z tomonimizdan quyidagilarni kafolatlaymiz:

— aloqa operatorlari bilan munosabatlarni qo’llab-quvvatlash;
— xizmatlar ko’rsatish hududini kengaytirish;
— xizmat turlarini yangilash va ishlab chiqish;
— monitoring natijalari bo’yicha tavsiya va sharhlarni tayyorlash;
— xizmatlarni targ’ib qilishda sheriklarga yordam berish;
— foydalanuvchilarga texnik qo’llab-quvvatlash.

Bugungi kunda biz Sizga quyidagi yo’nalishlar bo’yicha hamkorlik taklif etamiz:

  • “Viktorinalar, ovoz berishlar, musobaqalar” – o’z mavzuli mahsulotlaringizni mustaqil yaratish uchun instrumentlarni o’z ichiga olgan xizmat.
  • «Agregatorlik» – foydalanuvchilardan SMS xabarlarini qabul qilish, ularni keyinchalik qayta ishlash, zarurat bo’lganda javob xabarlarini tayyorlash va ularni abonentga uzatish xizmati. Ushbu holatda Mobi Tel Inform kompaniyasi faqat “transport” etkazib beruvchi sifatida ishtirok etadi.

MOBI TEL INFORM KOMPANIYASI BILAN ISHLASHNING AFZALLIKLARI

  • Mobi Tel Informning jamoasi – boshqaruv, marketing, texnologiya, xizmat va reklama sohalarida yuqori sinf mutaxassislardan iborat birlashgan jamoa;
  • Mobi Tel Informning tajribasi – bu kontent va xizmat provayderi sohasidan etakchi sifatida 12 yil muvaffaqiyatli biznes  ;
  • Mobi Tel Inform sifati – yuqori texnologiyali va yirik biznesning barcha standartlariga mos kelishi;
  • Mobi Tel Inform faqat litsenziyalangan kontent yoki o’z ishlab chiqarishidagi kontentni tarqatadi;
  •  
  • Mobi Tel Inform 20 000dan ortiq media elementlardan iborat eng katta kontent bazasiga ega;
  • Mobi Tel Informning kontent bazasi har hafta iste’molchilar tomonidan eng so’ralgan va dolzarb media elementlar bilan yangilanib boradi;
  • Mobi Tel Inform O’zbekistonda va xorijda eng yirik huquq egalari bilan hamkorlik qiladi.
  •