«ZUKKO» MOBIL ILOVASINING SHARTLARI VA
QOIDALARI TO ‘G ‘RISIDAGI
OFERTA-SHARTNOMA
Mazkur OOO “MOBI TEL INFORM” tomonidan qisqa raqamlardan foydalangan holda axborot-ma’lumot va ko‘ngilochar xizmatlarni ko‘rsatish shartlari (keyingi o‘rinlarda matn bo‘yicha — «Xizmatlar») O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367–369-moddalariga muvofiq ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda — «Oferta») hisoblanadi, u uyali aloqa operatorlarining Abonentlariga qaratilgan bo‘lib, Abonent (keyingi o‘rinlarda matn bo‘yicha shuningdek «Ishtirokchi» deb yuritiladi) tomonidan ushbu shartlarga rozilik bildirilgan paytdan e’tiboran Abonent bilan OOO “MOBI TEL INFORM” (keyingi o‘rinlarda — «Kontent-provayder») o‘rtasida Xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risidagi kelishuvga aylanadi.
Mazkur Oferta Abonent tomonidan faqat unga to‘liq qo‘shilish yo‘li bilan, uning biror shart yoki bandini istisno etmasdan qabul qilinishi mumkin.
1. ATAMALAR VA TA'RIFLAR.
1.1. Tarmoq – Operatorning texnik vositalari (kommutatsion va radiouskunalar, abonent qurilmalari, ulash liniyalari, inshootlari va boshqalar) majmui bo‘lib, ular yordamida O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida Abonentga aloqa xizmatlari ko‘rsatiladi.
1.2. Operator — Abonentlarga tegishli litsenziyalar va tuzilgan shartnoma asosida aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi bo‘lib, Kontent provayder u bilan shartnomaga ega.
1.3. Abonent — Operator bilan aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma (bundan keyingi “Abonent shartnomasi”) tuzgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Abonent aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha Abonentga ajratilgan yagona noyob identifikatsiya kodi bo‘yicha aniqlanadi.
1.4. Abonent qurilmasi — mazkur yakuniy uskunani Operatorning aloqa tarmog’iga ulash vositasida Abonentga Operator uskunasi va aloqa tarmog‘i orqali Kontent-provayder xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradigan Abonentga tegishli bo‘lgan foydalanuvchilik (yakuniy) uskunasi.
1.5. Xizmat raqami – Operator tomonidan Kontent-provayderga xizmatlarni taqdim etish va Abonentga Kontent-provayder xizmatlarining Kontenti uchun beriladigan qisqa raqam.
1.6. Kontent provayderi – “MOBI TEL INFORM” MChJ, ushbu Oferta asosida Abonentga axborot, ma'lumotnoma va ko‘ngilochar xizmatlar ko‘rsatuvchi kompaniya.
1.7. Kontent-provayder xizmatlari - Kontent-provayder va u tomonidan jalb qilingan uchinchi shaxslarning axborot resurslarida saqlanadigan va Operator tarmog‘ining aloqa kanallari orqali Abonentlar talabiga binoan taqdim etiladigan axborotlar va ma'lumotlar.
1.8. Kontent xizmati - Kontent provayder tomonidan Abonentning iltimosiga binoan taqdim etiladigan ma'lumotnoma, ko‘ngilochar va/yoki boshqa ma'lumotlar, musiqalar, rasmlar, videoroliklar, o‘yinlar, ovoz berishda ishtirok etishlar, tanlovlar va shunga o‘xshash tadbirlar.
1.9. So‘rov - Abonent qurilmasidan xizmat raqamiga SMS, USSD, IVR ovozli xizmatini yuborish va/yoki Abonent qurilmasidan Xizmat raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yo‘li bilan Kontent xizmatiga kirish uchun kompleks bilan o‘zaro aloqa qilish buyrug‘ini o‘z ichiga oladigan Abonent tomonidan yaratilgan buyruq.
1.10. Kompleks – Abonent qurilmasidan foydalangan holda Tarmoq orqali real vaqt rejimida Abonentlarning Kontent xizmatiga kirishini texnik qo‘llab-quvvatlash uchun foydalaniladigan Operatorning apparat-dasturiy kompleksi va/yoki Kontent-provayderning apparat-dasturiy kompleksi.
1.11. SMS-markaz (SMS-C) – Operatorning SMS -xabarlar ishlashi uchun mas'ul bo‘lgan tarmoq uskunasi.
1.12. SMS (Short Message Service - qisqa xabarlar xizmati) - Operator tomonidan Abonentlarga qisqa matnli xabarlarni yuborish va qabul qilish imkonini beruvchi xizmat.
1.13. Texnik qo‘llab-quvvatlash - Operator tomonidan Xizmat raqamining kechayu kunduz ishlashi va xizmat ko‘rsatishini o‘z ichiga oladigan Kontent-provayderning Abonentlarga Kontent xizmatlarini ko‘rsatishni texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar majmui.
1.14. Bazaviy obuna – belgilangan to‘lov evaziga muayyan vaqt davomida Abonentga «ZUKKO» mobil ilovasiga va ilovadagi bazaviy o‘yin funksiyalariga kirish huquqini taqdim etish bo‘lib, Premium-obunada nazarda tutilgan qo‘shimcha o‘yin rejimlariga kirish huquqini o‘z ichiga olmaydi.
1.15. Premium-obuna — mazkur Oferta va 1-ilovada nazarda tutilgan shartlar asosida qo‘shimcha to‘lov evaziga «ZUKKO» mobil ilovasining qo‘shimcha o‘yin rejimlari va funksiyalariga (shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda «Kafe» va «Bozor» rejimlariga) kengaytirilgan kirish imkoniyatini taqdim etuvchi pulli obuna.
1.16. Ofertani aksept qilish — Abonent tomonidan Kontent-provayder xizmatlaridan amalda foydalanish, shu jumladan, lekin bu bilan cheklanmagan holda Abonent raqami orqali avtorizatsiyadan o‘tish orqali mazkur Oferta shartlariga rozilik bildirish hisoblanadi. Ofertani aksept qilgandan so‘ng Abonent mazkur Oferta shartlarini so‘zsiz va to‘liq qabul qilgan deb hisoblanadi.
1.17. Fors-major holatlar — mazkur Oferta doirasida tegishli o‘yin yoki rozygrysh boshlanganidan keyin yuzaga kelgan, Kontent-provayder va/yoki Operator tomonidan oldindan oqilona tarzda kutilmagan yoki oldi olinishi mumkin bo‘lmagan favqulodda va bartaraf etib bo‘lmas holatlar tushuniladi, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda: tabiiy ofatlar, yong‘inlar, toshqinlar, zilzilalar, harbiy harakatlar, ommaviy tartibsizliklar, epidemiyalar, pandemiyalar, davlat organlarining hujjatlari, sovrinni e’lon qilingan shaklda topshirishni imkonsiz qiladigan taqiqlar yoki cheklovlar.
1.18.
Sovrinni topshirishga to‘sqinlik qiluvchi holatlarga, shuningdek,
Kontent-provayder irodasiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa obyektiv sabablar ham
kiradi, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda:
– ko‘rsatilgan sovrin modeli ishlab chiqarilishi yoki realizatsiyasining
to‘xtatilishi;
– O‘zbekiston Respublikasi hududida mazkur sovrining erkin savdoda mavjud
emasligi;
– Abonent tomonidan sovrindan foydalanish yoki uni olish imkoniyati vizaviy,
migratsion, bojxona yoki boshqa cheklovlar bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra
mavjud emasligi.
Ko‘rsatilgan holatlarda Kontent-provayder sovrinni teng qiymatli boshqa sovringa almashtirishga yoki o‘z xohishiga ko‘ra yoxud Abonent bilan kelishilgan holda, tegishli sovrin qiymatining pul ekvivalentini to‘lashga haqlidir.
2. UMUMIY SHARTLAR VA TAVSIF
2.1. «Zukko» — mobil operatorlar abonentlari uchun maxsus yaratilgan mobil ilova bo‘lib, u lotereya, rag‘batlantiruvchi lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa har qanday qimor o‘yini hisoblanmaydi. O‘yin asosan Ishtirokchining intellektual harakatlariga asoslanadi. Tasodifiylik elementlari yordamchi xususiyatga ega bo‘lib, natijaga erishish va sovrinlarni olishda hal qiluvchi ahamiyatga ega emas.
2.2. Mobil ilova Abonentlarning Operatorning qo‘shimcha pullik aloqa xizmatlariga bo‘lgan e’tiborini jalb etish, shuningdek Abonentlarning Operator xizmatlariga sodiqligini oshirish maqsadida yaratilgan.
2.3. O‘yin qoidalari va shartlari mazkur Shartnomaning ajralmas qismi bo‘lgan 1-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
2.4. Xizmat ilovaning ko‘ngilochar kontentiga kirish huquqini taqdim etish qismida haq evaziga ko‘rsatiladi. Sovrin olish imkoniyati sodiqlikni oshirishga qaratilgan qo‘shimcha marketing bonusi hisoblanadi va har bir Abonent uchun kafolatlanmaydi.
2.5. «Zukko» mobil ilovasining shartlari va qoidalari Operator Abonentlariga qaratilgan ommaviy oferta hisoblanadi va Abonent ular bilan rozilik bildirgan paytdan e’tiboran Abonent bilan Kontent-provayder o‘rtasida Xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risidagi kelishuvga aylanadi. Abonentning roziligi «Tasdiqlash» tugmasini bosish orqali Servisga ulanish hisoblanadi.
2.6. Mazkur Oferta muvofiq Provayder Operator bilan Abonent shartnomasini tuzgan va kontent-provayderlar xizmatlaridan foydalanayotgan Abonentlarga ushbu Ofertani (keyingi o‘rinlarda — Oferta) qabul qilishni taklif etadi.
2.7. Kontent-provayderlar tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar uchun o‘z raqami balansidan pul mablag‘larini yechib olish tasdiqlanishidan oldin, Abonent Ofertani va Servis shartlarini bilan tanishishi hamda ularga rozilik bildirishi shart.
2.8. «Zukko» mobil ilovasi Beeline, MobiUz, Ucell va Uzmobile abonentlari uchun mavjud.
3. MAQSAD VA QIYMAT
3.1. «Zukko» mobil ilovasining maqsadi — Operator Abonentlariga haftalik va yakuniy sovrinlarni yutib olish imkoniyatini taqdim etish orqali Operator xizmatlariga e’tiborni jalb etishdan iborat.
3.2. Operator Abonentlari «Zukko» o‘yinida ishtirok etishdan voz kechishlari mumkin. Buning uchun quyidagi qisqa raqamlarga SMS yuborish kifoya:
• Ucell abonentlari — 4252 raqamiga 9 kodi
• Uzmobile abonentlari — 4256 raqamiga 9 kodi
• Beeline abonentlari — 42566 raqamiga STOP so‘zi
• MobiUz abonentlari — 3252 raqamiga STOP so‘zi.
4. «ZUKKO» MOBIL ILOVASINING TILI
4.1. «Zukko» mobil ilovasi o‘zbek (asosiy til, sukut bo‘yicha til) va rus (Abonent tanlovi bo‘yicha) tillarida taqdim etiladi.
5. SHARTLARNI QABUL QILISH
5.1. Barcha ishtirokchilar mazkur Shartlarni diqqat bilan o‘qib chiqqanliklarini va ularni to‘liq tushunganliklarini kafolatlaydilar. Ushbu Shartlar www.mobitel.uz saytida ochiq foydalanish uchun joylashtirilgan.
5.2. «Zukko» mobil ilovasida «Tasdiqlash» tugmasini bosish orqali ishtirokchilar ishtirok etishga to‘liq rozilik bildiradilar, amaldagi shartlarni to‘liq tushunganliklarini tasdiqlaydilar hamda Operator va Kontent-provayderdan o‘z mobil telefonlariga (abonent qurilmalariga) 4252 qisqa raqamidan (Ucell abonentlari), 4256 (Uzmobile abonentlari), 42566 (Beeline abonentlari) va 3252 (Mobiuz abonentlari) SMS-xabarlar olishga rozilik beradilar.
5.3.
«Zukko»
mobil ilovasi mazkur shartnomaning 9.1-bandida nazarda tutilgan kundalik pulli
obuna asosida amalga oshiriladi. Xizmat uchun obuna to‘lovi Abonent xizmatdan
voz kechguniga qadar undiriladi.
Amalda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan pul mablag‘lari, O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligida bevosita nazarda tutilgan holatlardan tashqari,
qaytarib berilmaydi.
5.4. Ko‘rsatilayotgan xizmat doirasidagi sovrinlar yetkazib berilmaydi. G‘olib ularni Kontent-provayder ofisida, manzil: Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li ko‘chasi, 78-uy, yoki Kontent-provayder tomonidan belgilanadigan boshqa joyda oladi.
5.5. OOO “MOBI TEL INFORM” taklifni va mazkur shartlarni istalgan vaqtda bekor qilish yoki o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Barcha o‘zgartirishlar e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi va www.mobitel.uz saytida joylashtiriladi.
5.6. Mazkur Oferta OOO “MOBI TEL INFORM” tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan davr mobaynida, texnik sabablarga ko‘ra (masalan, ta’mirlash, rejalashtirilgan texnik xizmat ko‘rsatish yoki modernizatsiya) vaqtinchalik to‘xtatib turish holatlaridan qat’i nazar, to‘liq hajmda amal qiladi.
5.7. Abonent tegishli obunani faollashtirishdan oldin Bazaviy obuna va Premium-obuna o‘rtasidagi farqlar, ularning qiymati, ulanish tartibi va obunadan voz kechish tartibi to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor qilinganligini tasdiqlaydi.
6. «ZUKKO» MOBIL ILOVASI ISHTIROKCHILARI
6.1. O‘yinda ishtirok etuvchilar mazkur shartlarga muvofiq Operator bilan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasiga ega bo‘lgan, 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan har qanday jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida (shu jumladan VPN orqali) ilovadan foydalanish sovrin ballarini hisoblashda inobatga olinmaydi. Provayder g‘olibdan ballar (olmoslar) to‘plangan davrda mamlakat hududida amalda bo‘lganligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etishni talab qilishga haqlidir.
6.2. Teng sharoitlarni ta’minlash maqsadida, mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq Operatorning Abonenti bo‘lgan yuridik shaxslar «Zukko» mobil ilovasining ishtirokchilari bo‘la olmaydi.
6.3. Operator va Kontent-provayder ishtirokchilarning yoshini tekshirmaydi, chunki buning uchun texnik imkoniyatga ega emas, shu sababli taqdim etilgan ma’lumotlarning, shu jumladan yoshga oid ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javobgarlik Abonent zimmasiga yuklanadi.
6.4. Sovrinlar o‘yinlarida ishtirok etishga Kontent-provayder va Operatorlar xodimlari, ular bilan affillangan shaxslar, shuningdek ularning qarindoshlari (turmush o‘rtoqlari, ota-onalari, farzandlari va boshqalar) yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday shaxslarning ishtiroki aniqlangan taqdirda, bu ularning natijalarini bekor qilish va sovrinni berishni istalgan bosqichda rad etish uchun asos bo‘ladi.
6.5. Agar ushbu shaxslardan birortasi o‘yinda ishtirok etib, g‘olib bo‘lib chiqsa, unga tegishli sovrin hech qanday holatda berilmaydi va talablariga mos keladigan hamda keyingi o‘rinni egallagan ishtirokchiga o‘tkaziladi.
6.6. Ishtirokchilarga mobil ilovada ishtirok etish jarayonida quyidagilar taqiqlanadi:
– terrorizm, giyohvand moddalar, millatchilik g‘oyalarini targ‘ib qilish;
– davlatga qarshi da’vatlar amalga oshirish;
– haqorat qilish va odobsiz foydalanuvchi nomlari — «nikneym»lardan foydalanish;
– mobil ilovada ishtirok etish uchun mo‘ljallangan ishlab chiqilgan dasturiy vositalardan, shu jumladan dasturiy kodga aralashish orqali, har qanday usulda o‘zgartirilgan holda foydalanish.
6.7. Firibgarlik harakatlarining oldini olish maqsadida, har bir abonent sutkada ikki martadan ortiq avtorizatsiya kodini so‘rab olishi mumkin emas.
6.8. Talablarga mos kelmaydigan yoki mazkur qoidalar talablarini buzgan shaxslar xizmatdan foydalanish huquqiga ega emas va sovrin olishga da’vo qila olmaydi.
7. «ZUKKO» MOBIL ILOVASINING SOVRINLARI
7.1. Har bir Ishtirokchining umumiy reytingi faqatgina Ishtirokchi tomonidan o‘yinda ishtirok etish jarayonida olingan olmoslar (yoki ballar) soni asosida shakllantiriladi.
7.2. Har hafta eng ko‘p olmos
to‘plagan abonentlarga quyidagi sovrinlar beriladi:
1-o‘rin — 150 000 (bir yuz ellik ming) so‘m yoki Marado 2.2L elektr
choynagi;
2-o‘rin — 120 000 (bir yuz yigirma ming) so‘m yoki RGB aqlli kolonkasi;
3-o‘rin — 80 000 (sakson ming) so‘m yoki Smartwatch BIG T800 Pro Max;
4-o‘rin — 50 000 (ellik ming) so‘m yoki P9 simsiz quloqchinlari;
5-o‘rin — 40 000 (qirq ming) so‘m;
6-o‘rin — 20 000 (yigirma ming) so‘m.
7.3. Yakuniy sovrinlar 2026-yil
01-yanvardan 2026-yil 30-dekabrgacha bo‘lgan davrda eng ko‘p olmos to‘plagan
abonentlarga beriladi:
1-o‘rin — Dubayga yo‘llanma (2 nafar shaxs uchun);
2-o‘rin — iPhone 17;
3-o‘rin — elektrosamokat.
7.4. Dubay shahriga yo‘llanma
ko‘rinishidagi sovrinni taqdim etish doirasida Kontent-provayder Ibis Styles
Dubai Jumeira 3★ mehmonxonasida 5 (besh) kunlik yashashni,
shuningdek Toshkent — Dubay — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ikki dona
aviabiletni ta’minlaydi.
Safar bilan bog‘liq barcha boshqa xarajatlar Ishtirokchi tomonidan mustaqil
ravishda qoplanadi.
7.5. Ko‘rsatilgan sovrin modellari va nomlari misol tariqasida keltirilgan. Kontent-provayder, agar mazkur Ofertada boshqacha nazarda tutilmagan bo‘lsa, Dubay shahriga yo‘llanma va iPhone 17 bundan mustasno, sovrinni qiymati va iste’mol xususiyatlari bo‘yicha teng bo‘lgan boshqa sovringa almashtirishga yoki pul ekvivalentini to‘lashga haqlidir.
7.6. Ishtirokchilar sovrinlar uchun
o‘yinda o‘zlari to‘plagan ballar (olmoslar) miqdori билан ishtirok etadilar:
– hafta yakuni bo‘yicha — yakshanba kuni soat 23:59 holatiga;
– yil yakuni bo‘yicha — 2026-yil 01-yanvardan 2026-yil 30-dekabrgacha bo‘lgan
davr uchun, soat 23:59 gacha (shu jumladan).
7.7. Pul ko‘rinishidagi sovrinlar har hafta keyingi haftaning dushanba–seshanba kunlari Abonent tanloviga ko‘ra abonent raqamiga yoki bank kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanadi.
8. ISHTIROK ETISH TARTIBI
8.1. «Zukko» mobil ilovasini faollashtirish uchun Abonent ilovani o‘z telefoniga yuklab olishi, mobil ilovaga kirishi, telefon raqamini kiritishi, kodni olishi va «Tasdiqlash» tugmasini bosishi lozim.
8.2. Mazkur
Shartlarning 8.1-bandida ko‘rsatilgan harakatlar bajarilgan paytdan boshlab
Abonent «Zukko» mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan hisoblanadi va uning
ishtirokchisi deb e’tirof etiladi.
8.3. «Keyingi» tugmasi bosilgandan so‘ng Abonent qisqa raqamdan
SMS-xabarnoma oladi, u «Zukko» mobil ilovasida ishtirok etishni tasdiqlaydi,
shuningdek xizmat, uning qiymati va obunadan voz kechish tartibi to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
9. TARIFIKATSIYA
9.1.
«ZUKKO»
mobil ilovasi yuklab olinib faollashtirilgandan so‘ng Abonentning shaxsiy
hisobvarag‘idan har kuni QQSni o‘z ichiga olgan holda 842 (sakkiz yuz qirq
ikki) so‘m miqdorida Bazaviy obuna uchun to‘lov undiriladi.
9.2. Bazaviy obuna doirasida Abonent «ZUKKO» mobil ilovasining asosiy
o‘yin funksiyalariga kirish huquqini oladi va mazkur Ofertaning shartlariga
muvofiq o‘yin jarayonida ishtirok etishi mumkin.
9.3. Premium-obuna Abonent tomonidan ixtiyoriy ravishda va Bazaviy obunadan alohida tarzda faollashtiriladi. Premium-obunaning qiymati kuniga 3 800 (uch ming sakkiz yuz) so‘mni tashkil etadi va mazkur Ofertaning 1-ilovasida nazarda tutilgan tartibda hamda shartlarda undiriladi.
9.3. Mobil ilovaga obuna uchun to‘lov xizmatdan voz kechish paytigacha har kuni undiriladi.
10. ISHTIROKCHINING HISOB YOZUVI
10.1. Kontent-provayder Kontent xizmati amal qilish muddati davomida har bir ishtirokchining hisob yozuvini shakllantiradi va o‘z ma’lumotlar bazalarida saqlaydi.
10.2. Har bir hisob ishtirokchi Kontent xizmatida ishtirok etgan mobil telefon raqami (yagona MSISDN) bo‘yicha aniqlanishi kerak hamda quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim:
1. Ishtirokchining mobil telefon raqami;
2. ishtirokchining telefon raqami olingan sana va vaqt, unga ro‘yxatdan o‘tish SMS-xabari yuborilgan vaqt;
3. ishtirokchi tomonidan qisqa raqamlarga yuborilgan SMS doirasida taqdim etilgan ma’lumotlar.
10.3. Har bir mobil telefon raqami faqat bitta mobil qurilmaga biriktirilishi mumkin.
10.4. Hisob yozuvi shaxsiy hisoblanadi. Bitta hisob yozuvidan bir nechta shaxslar tomonidan foydalanish yoki unga kirish huquqini uchinchi shaxslarga berish taqiqlanadi. Joylashuvni buzib ko‘rsatish yoki cheklovlarni chetlab o‘tish uchun har qanday texnik vositalardan (VPN, proksi-serverlar, emulyatorlar, virtual muhitlar) foydalanish qat’iyan man etiladi. Bunday vositalar aniqlangan taqdirda, bu hisob yozuvini darhol bloklash, to‘plangan barcha ballar («olmoslar»)ni bekor qilish va g‘oliblar ro‘yxatidan chiqarish uchun asos bo‘ladi.
11. YUTISH SHARTLARI
11.1. Mazkur Ofertaning 6-bo‘limiga muvofiq ishtirokchilarga qo‘yilgan talablarga mos kelish.
11.2. Kontent-provayder va Operator Kontent xizmatlaridan insofsiz yoki firibgarlik maqsadlarida foydalanayotgan barcha ishtirokchilarni oldindan xabardor qilmasdan chiqarib tashlash huquqini o‘zida saqlab qoladi.
11.3. Kontent-provayder va Operator mazkur Ofertada nazarda tutilmagan tartibga ta’sir ko‘rsatishga uringan yoki ta’sir ko‘rsatgan (bevosita yoki bilvosita) jismoniy shaxslarni ishtirok etishga qo‘ymaslik huquqiga ega.
11.4. Agar g‘olib avvalgi shartlardan birortasini bajarmasa, u yutib olish huquqini yo‘qotadi.
11.5. Agar g‘olib sovrinni olishdan voz kechsa yoki uning g‘alabasi aniqlangan kundan boshlab 60 kun ичида Kontent-provayder va/yoki Operator bilan bog‘lana olmasa, sovrin hech kimga topshirilmaydi.
12. O‘YIN NATIJALARINI CHIQARISH, G‘OLIBLARNI ANIQLASH VA XABARDOR QILISH HAMDA TAQDIRLASH MEXANIZMI
12.1. G‘oliblar aniqlangandan so‘ng Kontent-provayder g‘olib (g‘oliblar) bilan Kontent-provayder va/yoki Operator mos deb topgan aloqa vositalari orqali — telefon, SMS yoki elektron pochta orqali bog‘lanadi.
12.2. Agar g‘olib bilan 60 kun davomida bog‘lanish imkoni bo‘lmasa, masalan, g‘olib telefoni to‘lov amalga oshirilmagani sababli o‘chirilgan, xizmat ko‘rsatish hududidan tashqarida bo‘lsa va h.k., Kontent-provayder ushbu sovrinni hech kimga bermaydi.
12.3. Sovrinni olishning zaruriy sharti — Ishtirokchi g‘olib bo‘lganligi to‘g‘risidagi xabarnomani olgan kundan boshlab 30 kun ichida pasport ma’lumotlarini taqdim etishidir. Mazkur ma’lumotlar taqdim etilmagan taqdirda, sovrin Ishtirokchiga berilmaydi.
12.4. Sovrinlarni topshirish Kontent xizmati amal qilish muddati davomida yoki undan keyin amalga oshiriladi. Sovrinni topshirish joyi Kontent-provayder tomonidan belgilanadi va g‘olibga SMS yoki telefon orqali ma’lum qilinadi.
12.5. G‘olib sovrinni topshirish joyiga borish va qaytish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni mustaqil ravishda qoplaydi.
12.6.
Kontent-provayder quyidagi hollarda Ishtirokchiga sovrinni berishni rad etishga
haqli:
– Ishtirokchi tomonidan mazkur Oferta qoidalarining buzilishi;
– Ishtirokchining sovrinni topshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortganligini ko‘rsatuvchi harakatsizligi/harakatlari;
– Ishtirokchi tomonidan g‘alaba to‘g‘risida xabardor qilingan kundan boshlab 60 kalendar kun ichida yozma shaklda sovrinni olishdan voz kechish haqidagi rad javobi olingan taqdirda.
13. QOIDALARNI O‘ZGARTIRISH
13.1. Kontent-provayder va Operator mazkur Oferta shartlari va qoidalarini, shuningdek ushbu Kontent xizmatini tashkil etish va/yoki boshqarishni bekor qilish, to‘xtatib turish yoki o‘zgartirish huquqini, kompensatsiya to‘lash majburiyatisiz va oldindan xabardor qilish majburiyatisiz o‘zida saqlab qoladi. Bunday o‘zgarishlarni Abonent mustaqil ravishda kuzatib borishi shart. Ofertaning yangi tahriri kuchga kirganidan so‘ng Kontent xizmatidan foydalanish Abonentning uning shartlariga roziligini anglatadi.
14. SHAXSIY MA’LUMOTLARNI HIMOYA QILISH
14.1. Kontent-provayder va Operator Abonentni uning shaxsiy ma’lumotlari mazkur Kontent xizmatida Abonentning ishtirokini boshqarish hamda Abonent g‘olib bo‘lgan taqdirda u haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish maqsadida qayta ishlanishi to‘g‘risida xabardor qiladilar.
14.2. Shaxsiy ma’lumotlar Tashkilotchilarning telekommunikatsiya xizmatlarini marketing va tijorat jihatdan xizmat ko‘rsatish maqsadlarida qayta ishlanishi mumkin.
14.3. Abonent mazkur Ofertani qabul қилиш орқали O‘zbekiston Respublikasi shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiq ravishda o‘z shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga rozilik beradi.
15. JAVOBGARLIK
15.1. Kontent-provayder Kontent xizmatining texnik sozligi va Kontent xizmati doirasida foydalaniladigan axborotning, jumladan savollar va javoblarning to‘g‘riligi uchun javobgar hisoblanadi. Kontent-provayder mazkur Ofertaning 7-bandida ko‘rsatilgan sovrinlarni sovrindorlar deb topilgan ishtirokchilarga topshirishni kafolatlaydi.
15.2. Agar fors-major holatlar tufayli tavsiflangan sovrinni topshirish imkoni bo‘lmasa, Kontent-provayder uni teng qiymatli sovrin bilan almashtirish majburiyatini oladi.
15.3. Kontent-provayder va Operator foydalanuvchilarning texnik xarakterdagi cheklovlar yoki GSM xizmatlariga xos boshqa holatlar sababli o‘yinda ishtirok eta olmaganligi билан bog‘liq vaziyatlarda hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi, jumladan: internetga ulanish yo‘qligi, tarmoq bandligi, xotira to‘lib ketganligi, SMS xizmatlaridan noto‘g‘ri foydalanish, mazkur xizmat uchun ko‘rsatilgan raqamning noto‘g‘ri terilishi yoki abonent qurilmasi tomonidan bloklanishi, tarmoq qamrovidan tashqarida bo‘lish, SIM-karta hisobida mablag‘ yetishmasligi, kredit limitining oshib ketishi va h.k.
16. TEXNIK NAZORAT VA ANOMAL FAOLLIK
16.1. Provayder ishtirokchining insofliligini baholash uchun texnik loglar, tarmoq ulanishlari jurnallari va qurilma turlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanishga haqlidir.
16.2. Provayder «anomal faollik» (skriptlar, botlar, tizimdagi texnik xatolar) aniqlangan taqdirda, o‘z ixtiyoriga ko‘ra natijalarni bekor qilish yoki sovrinni berishni rad etish huquqiga ega. Provayder bunday faollikni aniqlashning ichki algoritmlari va usullarini Abonentga oshkor etishga majbur emas.
17. NIZOLARNI HAL ETISH VA QO‘LLANILADIGAN YURISDIKSIYA
17.1. Xizmat shartlari, o‘tkazilishi, natijalari va xizmat bilan bog‘liq barcha boshqa masalalar yuzasidan nizo kelib chiqqan taqdirda, agar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ООО “MOBI TEL INFORM” qarorlari servis faoliyati doirasida yakuniy hisoblanadi.
17.2. Mazkur Kontent xizmati bilan bog‘liq har qanday e’tiroz va nizolar bahsli hodisa yuzaga kelgan kundan boshlab besh (5) kun ичида yozma shaklda rasmiylashtirilishi lozim.
17.3. Kontent-provayder, Operator va Kontent xizmati ishtirokchilari o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolar tinch yo‘l bilan muzokaralar orqali, бунинг imkoni bo‘lmagan taqdirda esa Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani tumanlararo fuqarolik sudida ko‘rib chiqiladi.
17.4. Provayderning texnik loglari (tizim yozuvlari) bilan tasdiqlangan faktlar, agar qonunda boshqacha belgilangan bo‘lmasa, tomonlar tomonidan sudda yetarli va ishonchli dalillar sifatida tan olinadi. Majburiy sudgacha bo‘lgan da’vo tartibi belgilanadi: Abonent da’vosini ko‘rib chiqish muddati — 30 kalendar kun.
18. E’LONLAR
18.1. Mazkur Kontent xizmati shartlari jamoatchilik uchun www.mobitel.uz veb-sayti orqali ochiq holda mavjud.
19. ISHTIROKCHILARNING MAJBURIY KELISHUVI
19.1. Mazkur ofertani qabul qilish orqali g‘oliblar Kontent-provayder va Operatorga o‘z ismi, familiyasi va boshqa ma’lumotlarini, shuningdek o‘z fotosuratlarini ular g‘olib bo‘lgan Kontent xizmati bilan bog‘liq har qanday jamoat va reklama faoliyatida, olingan sovrindan tashqari, ularga hech qanday qo‘shimcha haq yoki foyda taqdim etmasdan, qayta ishlab chiqish va foydalanishga ruxsat beradilar.
19.2. G‘oliblar Kontent xizmatini reklama qilish maqsadida reklama интервьюларида, fotosuratga olish ва/ёки videotasvirga olishda ishtirok etishga rozilik bildiradilar.
19.3. Ishtirokchilar Kontent-provayder va Operator tomonidan (SMS yoki boshqa har qanday aloqa vositasi orqali) Kontent xizmati amal qilish muddati tugagandan keyin taqdim etiladigan keyingi xizmatlar to‘g‘risida xabardor qilinishi mumkin.
19.4. Mazkur Oferta shartlariga kiritilgan barcha bandlar, ilovalar va ma’lumotlar, shuningdek ushbu Kontent xizmati bilan bog‘liq bo‘lgan va ҳар қандай OAVда va/ёки Kontent xizmati veb-saytida e’lon qilinishi lozim bo‘lgan бошқа ахборот материаллари (reklama va/yoki taqdimot materiallari), www.mobitel.uz saytida Kontent xizmati amal qilish muddati boshlanishidan oldin yoki uning amal qilish muddati davomida istalgan vaqtda e’lon qilingan bo‘lsa, Kontent xizmati qoidalarining ajralmas qismi hisoblanadi.
19.5. Operator va Kontent-provayder oldindan xabardor qilmasdan istalgan vaqtda xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
19.6. Operator va Kontent-provayder Kontent xizmati amal qilish muddati davomida Ishtirokchilar tomonidan sarflanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari miqdori uchun, shu jumladan uchinchi shaxslar (jumladan nogironlar, mehnatga layoqatsiz shaxslar, chaqaloqlar yoki voyaga yetmaganlar) tomonidan Ishtirokchilarning hisoblaridan noqonuniy yechib olingan pul mablag‘lari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
19.7. Kontent xizmatida ishtirok etish orqali Ishtirokchilar Kontent-provayder va Operatorga taqdim etilgan barcha ma’lumotlar ishonchli, dolzarb va to‘liq ekanligini mazkur bilan kafolatlaydilar.
1-ILOVA
«ZUKKO» mobil ilovasining shartlari va qoidalari to‘g‘risidagi
Oferta-shartnomaga
«ZUKKO» O‘YINI QOIDALARI
1. Umumiy qoidalar
1.1. «ZUKKO» o‘yini doirasida Ishtirokchilarga o‘yin ballari — olmoslar hisoblab yoziladi, ular faqatgina o‘yin jarayonida reytinglarni shakllantirish va g‘oliblarni aniqlash uchun foydalaniladi.
1.2. Hisoblab yoziladigan olmoslar soni tanlangan o‘yin rejimi va Ishtirokchining o‘yin jarayonidagi harakatlariga bog‘liq.
1.3. Olmoslar pul mablag‘lari, elektron pullar, to‘lov vositalari, pul surrogatlari, qimmatli qog‘ozlar yoki boshqa mulkiy huquqlar hisoblanmaydi hamda pulga ayirboshlanmaydi.
1.4. «ZUKKO» o‘yini Ishtirokchining bilim va ko‘nikmalariga asoslangan intellektual o‘yin hisoblanadi. Tasodifiylik elementlari yordamchi xususiyatga ega bo‘lib, natijaga erishishda hal qiluvchi ahamiyatga ega emas.
1.5. «ZUKKO» o‘yinida ishtirok etish va natijalarni hisobga olish faqat Ishtirokchining amalda O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lishi sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.
1.6. «Ishtirokchi» atamasi Oferta-shartnomada belgilangan ma’noda qo‘llaniladi hamda Ofertaning shartlarini qabul qilgan va «ZUKKO» o‘yinida ishtirok etayotgan Abonentni anglatadi.
2. O‘yin rejimlari
2.1. «ZUKKO» mobil ilovasida quyidagi o‘yin rejimlari nazarda tutilgan:
• «Bot bilan o‘ynash»;
• «Do‘st bilan o‘ynash»;
• «Online o‘ynash».
2.2. Botlar tomonidan to‘plangan olmoslar Ishtirokchilarning umumiy reytingini shakllantirishda hisobga olinmaydi.
3. «Bot bilan o‘ynash» rejimida olmoslarni hisoblash
3.1. «Bot bilan o‘ynash» rejimida o‘ynaganda Ishtirokchiga quyidagi o‘yin hodisalari va mukofotlar hisoblab yozilishi mumkin:
• +5 olmos;
• +10 olmos;
• +15 olmos;
• +20 olmos;
• +25 olmos;
• joriy o‘yindagi istalgan ishtirokchidan 10% olmosni olib qo‘yish;
• joriy o‘yindagi istalgan ishtirokchidan 20% olmosni olib qo‘yish;
• joriy o‘yinda to‘plangan olmoslarning umumiy miqdoridan 50% ni yo‘qotish;
• «bo‘sh sandiq» (mukofot yo‘qligi);
• joriy o‘yinda qo‘lga kiritilgan olmoslar miqdorini ikki baravar oshirish.
4. «Do‘st bilan o‘ynash» va «Online o‘ynash» rejimlarida olmoslarni hisoblash
4.1. «Do‘st bilan o‘ynash» va «Online o‘ynash» rejimlarida o‘ynaganda Ishtirokchiga quyidagi o‘yin hodisalari va mukofotlar hisoblab yozilishi mumkin:
• +10 olmos;
• +20 olmos;
• +30 olmos;
• +40 olmos;
• +50 olmos;
• joriy o‘yindagi istalgan ishtirokchidan 10% olmosni olib qo‘yish;
• joriy o‘yindagi istalgan ishtirokchidan 20% olmosni olib qo‘yish;
• joriy o‘yinda to‘plangan olmoslarning umumiy miqdoridan 50% ni yo‘qotish;
• «bo‘sh sandiq» (mukofot yo‘qligi);
• joriy o‘yinda qo‘lga kiritilgan olmoslar miqdorini ikki baravar oshirish.
5. Savollar toifalari
5.1. O‘yin jarayonida Ishtirokchi quyidagi toifalardan savollarni tanlashi mumkin:
• «Logotiplar»;
• «Musiqa»;
• «Sport»;
• «Geografiya»;
• «Tabiat»;
• «Hayvonlar»;
• «Ovqatlar haqida hammasi».
6. Reyting va g‘oliblarni aniqlash
6.1. Har bir o‘yin yakuniga ko‘ra Ishtirokchiga o‘yin davomida u tomonidan to‘plangan olmoslar soni beriladi.
6.2. Olmoslar g‘oliblarni aniqlash uchun jamlanadi:
• hafta yakuniga ko‘ra — hafta davomida eng ko‘p olmos to‘plagan Ishtirokchilar orasida (TOP-3);
• 2026-yil 01-yanvardan 2026-yil 30-dekabrgacha bo‘lgan davr yakuniga ko‘ra — ko‘rsatilgan davrda eng ko‘p olmos to‘plagan Ishtirokchilar orasida.
6.3. Ikki yoki undan ortiq Ishtirokchilarda olmoslar soni teng bo‘lgan taqdirda, maksimal natijaga boshqalardan avval erishgan Ishtirokchi g‘olib deb e’tirof etiladi.
7. Sovrinlarni olish va soliqqa tortish
7.1. Sovrinlarni yetkazib berish shartlari Ofertaning 5.4-bandida belgilangan.
7.2. G‘olib sovrinni olish bilan bog‘liq barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni mustaqil ravishda to‘lash majburiyatini oladi.
7.3. Agar g‘olib natijalar e’lon qilingan paytdan boshlab 60 (oltmish) kalendar kun ichida sovrinni olish uchun murojaat qilmasa, sovrinni olish huquqi yo‘qotiladi.
7.4. Oferta-shartnomada nazarda tutilgan pul ko‘rinishidagi sovrinlar o‘yin jarayonining bir qismi hisoblanmaydi va Oferta-shartnomaning 7-bo‘limida belgilangan tartib hamda shartlarda Ishtirokchilarga to‘lanadi.
8. «KAFE» va «BAZOR» tugmalari. Premium-obuna
8.1. «Kafe» va «Bozor» o‘yin rejimlarida ishtirok etish uchun Ishtirokchi Premium-obunani faollashtirishi lozim.
8.2. Premium-obunaning qiymati kuniga 3 800 so‘mni tashkil etadi.
Servis raqami: 77708, kalit so‘z: Play.
8.3. Premium-obunani faollashtirish tartibi:
• Ishtirokchi «Kafe» yoki «Bozor» bo‘limiga kirib, faollashtirish tugmasini bosadi;
• hisobda kamida 3 800 so‘m mavjud bo‘lsa, obuna faollashtiriladi;
• mablag‘
yetarli bo‘lmagan taqdirda obuna faollashtirilmaydi va to‘plangan olmoslar
hisobga olinmaydi;
• Premium-obuna har kuni qo‘lda faollashtiriladi.
9. «Kafe» o‘yini
9.1. O‘yin bo‘sh likopchalar bilan boshlanadi. Zaxiralarni to‘ldirish uchun Ishtirokchi «Logotiplar» toifasidagi savollarga javob beradi.
9.2. Har bir to‘g‘ri javob uchun Ishtirokchi turli kombinatsiyalarda 3 ta taomni oladi (birinchi darajada: shashlik, somsa, dolma).
9.3. Sotish uchun:
• shashlik / somsa / dolma — har bir taom uchun 30 ta olmos hisoblanadi.
9.4. O‘yinda darajalar mavjud. Yangi darajaga o‘tish uchun «Kafeni yangilash» harakatini bajarish lozim.
9.5. Kafeni yangilashda:
• yangi taomlar ochiladi (jami 9 ta taom ikki variantda);
• olinadigan taomlar soni oshiriladi;
• taomlar qiymati va hisoblanadigan olmoslar o‘zgaradi;
• Ishtirokchi hisobidan yangilash (apgreyd) uchun olmoslar yechib olinadi.
9.6. Kafeni birinchi marta yangilash 90 ta olmosga erishilganda mavjud bo‘ladi.
9.7. Aygreyd (apgreyd) qiymati va olmoslar hisoblanishi:
• Dimlama / qozon kabob — apgreyd 90, sotish 45 olmos;
• Lag‘mon / mastava — apgreyd 200, sotish 100 olmos;
• Palov / moshxurda — apgreyd 300, sotish 150 olmos;
• Narin / tuxum barak — apgreyd 400, sotish 200 olmos;
• Halim / xonim — apgreyd 500, sotish 250 olmos;
• Hasip / sho‘rva — apgreyd 600, sotish 300 olmos
10. «Bozor» o‘yini
10.1. «Bozor» o‘yini o‘xshash mexanika asosida amalga oshiriladi hamda darajalar, bozorni yangilash va yangi mevalarni ochishni o‘z ichiga oladi.
10.2. O‘yinda jami 9 ta meva ikki variantda nazarda tutilgan.
10.3. Aygreyd (apgreyd) qiymati va olmoslar hisoblanishi:
• Nok / anjir — apgreyd 90, sotish 45 olmos;
• Uzum / shaftoli — apgreyd 200, sotish 100 olmos;
• Tarvuz / tut — apgreyd 300, sotish 150 olmos;
• Gilos / pomidor — apgreyd 400, sotish 200 olmos;
• Sabzi / qovun — apgreyd 500, sotish 250 olmos;
• Piyoz / olcha — apgreyd 600, sotish 300 olmos.
11. «Tanish-Bilish» tugmasi (referal dastur)
11.1. «Tanish-Bilish» — istalgan abonent ishtirok etishi mumkin bo‘lgan referal dastur.
11.2. Ishtirokchi (Referer) quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda 4 000 ta olmos oladi, agar taklif qilingan Abonent (Referal):
• «ZUKKO» ilovasini yuklab olsa;
• ro‘yxatdan o‘tsa;
• kamida bir marta o‘ynasa;
• uning hisobidan kamida bir marta abonent to‘lovi (842 so‘m) yechib olingan bo‘lsa.
11.3. Referal ham 4 000 ta olmos oladi.
11.4. Dastur SMS, messenjerlar yoki QR-kod orqali referal havolani yuborish yo‘li bilan faollashtiriladi.
11.5. «Mening referallarim» bo‘limida Referer barcha faollashtirilgan Referallarni kuzatib borishi mumkin.
11.6. Qo‘shimcha bonuslar:
• dastlabki 10 nafar do‘st uchun — 25 000 olmos;
• dastlabki 100 nafar do‘st uchun — 300 000 olmos;
• dastlabki 500 nafar do‘st uchun — 2 000 000 olmos.
12. Yakuniy qoida
12.1. Ro‘yxatdan o‘tmasdan servisdan foydalanayotgan abonentlar sovrinlar o‘yinlarida ishtirok etmaydi.